Adliya vazirligi yirtilgan banknotalar bilan nima qilish va ulardan qanday foydalanishni tushuntirib o‘tdi.
Quyidagi shikastlangan banknotalar mahsulot va xizmatlar uchun to‘lash yoki bankka topshirish uchun ishlatilishi mumkin:
– pulda teshik yoki yirtilgan bo‘lsa, qog‘oz siyqalangan va turli rasm va yozuvlar yozilgan banknotalar;
– yirtilib bo‘laklarga ajralgan va yelimlangan pullar;
– bo‘yoq moddalari yoki kislota to‘kilgan, tabiiy rangi o‘zgargan, kuygan, bo‘yalgan yoki chizilgan pullar;
– banknotaning ayrim qismiga yozilgan yozuvlar yoki bo‘yalgan joyi banknota umumiy hajmining 5% oshmaydigan banknotalar.
– teshilgan qismi yoki yirtilgan burchagi (qismi) 1 sm dan oshmaydigan banknotalar;
– o‘z rangini keskin o‘zgartirmasdan saqlaydigan banknotalar;
...