O‘zbekiston Markaziy banki tomonidan mamlakatimizda valyuta operatsiyalarini amalga oshirish qoidalariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish taklifi kiritildi. Ushbu yangi talablar yuridik shaxslar tomonidan chet el valyutasini sotib olish shartlariga ta’sir qilishi mumkin.
Masalan, xorijiy investorlarning foydasi, dividendlari va boshqa daromadlarini repatriatsiya qilishda – foyda taqsimlanganligi va dividendlar to‘langanligi to‘g‘risidagi hujjat, auditorlik firmasi yoki soliq organining xulosasi hamda daromad solig‘i to‘langanligi to‘g‘risidagi soliq organlarining tasdiqnomasini taqdim qilinishi lozim.
Hujjatda boshqa takliflar ham bor. Markaziy bank qarori loyihasi qonun hujjatlari muhokamasi portalida e’lon qilindi. Ayni paytda yangi qoidalar hali kuchga kirgani yo‘q. 14-noyabr kuni ertalabki holatga ko‘ra, hujjatda 19 ta jamoatchilik taklifi...