Markaziy bank ma’lumotlariga koʻra, Oʻzbekistonda oltin quymalari qimmatlashmoqda. 13-noyabrga nisbatan narxi 1% dan ortiq oshdi.
LBMA grafikiga ko‘ra, oltin narxi 13-noyabrdan yana ko’tarila boshlagan. O‘sha kuni oltin narxi bir troya untsiya uchun 1931,15 dollarni tashkil etgan bo‘lsa, 15-noyabrda bir xil hajmning narxi 1958,2 dollar edi (kechki fiksing). Oltin 1,4 %ga oshdi.
Jahon bozorida oltin narxining oshishi O‘zbekistondagi vaziyatga ta’sir qilmoqda. Masalan, eng kichik besh grammli quyma 13-noyabrda 3,97 mln so‘m bo‘lgan bo‘lsa, 16-kunga kelib uning narxi 4,02 mlnga ko‘tarilgan.
Noyabr oyi boshida Rb.ru oltin narxining oshishi haqidagi ekspert fikrini keltirdi.
«Oltin narxining o’sishining kuchli omili Yaqin Sharqda bo‘layotgan...