Joriy yilning to‘qqiz oyida O‘zbekistonda tijorat banklari tomonidan 1 trillion so‘mdan ortiq yashil kreditlar ajratildi. Bu haqda 27-oktabr kuni Jahon banki va O‘zbekiston Markaziy banki ishtirokida quyosh batareyalaridan foydalanish bo‘yicha xalqaro tajribaga bag‘ishlangan seminarda ma’lum bo‘ldi.
Markaziy bank bosh iqtisodchisi Asliddin Ishboboyevning «Kursiv»ga bergan izohida aniqlik kiritishicha, 1 trillion so‘mdan biznesga 700 milliard so‘mdan ortig‘i tushsa, 300 milliard so‘mdan ortiq mablag‘ aholiga quyosh panellarini o’rnatish yo‘naltirilgan.
«Kreditlashning ushbu turini rivojlantirish uchun Markaziy bank “Yashil energiya» mexanizmini joriy qildi. Bu qayta moliyalashtirilgan maxsus kredit. Mexanizm ishga tushgunga qadar tijorat banklari tomonidan 22-27 foizli yashil kreditlar...