«20 ming tadbirkor – 500 ming malakali mutaxassis» dasturida ishtirok etayotgan tadbirkorlarga yangi ish o‘rinlari soniga qarab ayrim soliqlar va aylanma solig‘ini bo‘lib-bo‘lib to‘lash imkoniyati yaratiladi, deb xabar beradi Adliya vazirligi Telegram kanali. Tegishli qaror prezident tomonidan imzolandi.
To‘lov muddatlari yaratilgan ish o’rinlari soniga ham bog’liq – 3 oydan 12 oygacha. Tadbirkor 51 tadan 100 tagacha ish o‘rin yaratsa 3 oy davomida bo‘lib to‘lashi mumkin bo‘ladi. 101 dan 200 gacha 6 oy muddat beriladi. 200 dan ortiq ish o‘rin yaratganga bir yilgacha bo‘lib to‘lashi mumkin.
Bundan tashqari, ular 2025-yil 1-yanvarga qadar yaratilgan ish o‘rinlari soniga qarab mol-mulk solig‘i...