Xalq orasida «Isoqjon domla» nomi bilan tanilgan Toshkent shahridagi «Imom Termiziy» jome masjidi imom-xatibi Isoqjon Begmatov o’z lavozim vazifasidan ozod etildi. Bu haqida O’zbekiston Respublikasi Musulmonlar idorasi rasmiy sahifasida e’lon qilindi.
Isoqjon Begmatovning ijtimoiy tarmoqlardagi chiqishlari bugun – 25 avgust kuni O‘zbekiston musulmonlari idorasida Ichki nazorat komissiyasi tomonidan keng muhokama qilindi.
Komissiya aʼzolari imom-xatibning keng bahs-munozaralarga sabab bo‘lgan hissiyotga berilib qilgan keskin va qo’pol chiqishlari, ulamolar fatvolariga nisbatan ayrim teskari fikrlari, ixtilofli masalalarni ko‘tarishi oqibatida, nizo va qarama-qarshiliklarga sabab bo‘lganini tanqid qilishdi.
Ichki nazorat komissiyasining so’zlariga ko’ra, avval ham imom-xatib shu kabi chiqishlari yuzasidan bir necha bor ogohlantirilgan...