«Navoiyuran» davlat korxonasi qora slanesli uran konlarini qazish uchun Xitoyning «China Nuclear Uranium Co. Ltd» kompaniyasini jalb qilish imkoniyatlarini koʻrib chiqmoqda. Bu haqda Oʻzbekiston korxonasi matbuot xizmati xabar berdi.
Tashabbus Xitoy delegatsiyasining Oʻzbekistonga tashrifi chogʻida muhokama qilindi. Shuningdek, vakillar «Navoiyuron» uran konlariga ham tashrif buyurdi.
Eslatib oʻtamiz, oʻtgan yili «Navoiyuron»da 6,8 trillion soʻmlik mahsulot ishlab chiqarildi. Bu 2022-yilga nisbatan 13 foizga koʻpdir. Yil davomida kompaniyaning sof foydasi 14 foizga oshib, 2,4 trillion soʻmni tashkil qildi.
Joriy yilda Oʻzbekistonda uran qazib olish 3,8 ming tonnani, 2025-yilda esa 4,2 ming tonnani tashkil etishi kutilmoqda. 2030-yilga kelib bu koʻrsatkich...