Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazining so‘nggi hisobotiga ko‘ra, joriy yilning aprel oyida avtomobillar sotuvida pasayishning tezlashishi kuzatildi, biroq elektromobillar segmentida o‘sish kuzatilmoqda.
Tahlilchilar ma’lumotlariga koʻra, aprel oyida mamlakatda jami avtomobil savdosi 19 foizga qisqarib, 88,3 mingtaga yetdi. Aprelda 78,5 mingta yengil avtomobillar sotildi, bu avvalgi oyga nisbatan 18,6 foizga kam. Yengil avtomobillar bozori pasayishi Namangan, Farg‘ona va Surxondaryo viloyatlarida 30 foizdan oshdi. Yillik o‘lchovda 35,3 foizga kamaydi.
Avtomobil bozorining savdosi pasayishi sabablaridan biri, bu respublika Markaziy Banki tomonidan umumiy kredit portfelida avtokreditlar 25 foizdan ko‘p bo‘lmasligi kerakligi haqidagi qaroridan keyin kuzatilmoqda.
Oʻzbekistonda yengil avtomobillarning birlamchi bozorida sotuvlar hajmining pasayish...