Xalqaro sud Janubiy Afrikaning Isroilga qarshi da’vosi bo‘yicha dastlabki qarorni qabul qildi, deb xabar berdi BBC.
Xususan, Isroil hukumati G‘azo sektoridagi genotsid harakatlarining oldini olish choralarini ko‘rishi va bunga aloqadorlarni jazolashi kerak. Sud, shuningdek, Quddusga anklavdagi gumanitar vaziyatni yaxshilashni buyurdi.
Sud ishtirokchilari, Isroilning harbiy amaliyotini zudlik bilan to’xtatish bundan mustasno, Janubiy Afrika so’ragan deyarli barcha choralar uchun ovoz berdi.
Qayd etilishicha, BMT sudining qarori Isroilga qarshi sanksiyalar qo‘llanilishiga olib kelishi mumkin. Biroq Quddus sudni Janubiy Afrika da’vosini rad etishga chaqirib, ayblovlarni rad etdi.
«Ammo bu Isroil sudning talablarini albatta bajaradi, degani emas», — deya ta’kidladi BBC.