Mamlakatning aksariyat qismida havo ochiq bo‘ladi, lekin Buxoro, Navoiy, Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarining ayrim tumanlarida kunduzi biroz yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Harorat 19-24 daraja issiq bo‘ladi. Hafta davomida ob-havo o’zgaradi. Bu haqda «O‘zgidromet» xabar berdi.
8-noyabr kuni O‘zbekistonga sovuq front kirib, sovuq havo kirib keladi va ayrim hududlarida yomg‘ir yog‘ishi mumkin. 9-noyabr kuni Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlari va Farg‘ona vodiysida yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Tog‘li hududlarda kuchli yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda.
10-noyabr kuni mamlakatimiz bo‘ylab yog‘ingarchilik bo‘lmaydi.
8-9-noyabr kunlari havo harorati 13-18 darajagacha pasayib, 10-noyabrda kunduzi 15-20 darajagacha ko‘tariladi. 10-noyabr kuni kechasi havo harorati 3-6 darajagacha pasayadi.
Toshkentda 6-7-noyabr kunlari...