O‘zbekistonda Nike brendi ostida krossovkalar ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yildi. Bu haqda «O‘zcharmsanoat» uyushmasi matbuot xizmati xabar berdi.
Kompaniya 2019-yilda O‘zbekiston hududida mahsulot ishlab chiqarishga ruxsat berdi. Aytish joizki, Andijonda sport poyabzali ishlab chiqarish Nike kompaniyasining Xitoydagi filiali – Sino International tomonidan tashkil etilgan.
Assotsiatsiyaning ta’kidlashicha, krossovkalarning birinchi partiyasi allaqachon korxona konveyeridan chiqqan. Mahalliy mutaxassislarga xitoylik hamkasblari yordam berishadi.
– Hozir O‘zbekistonda Nike krossovkalari ishlab chiqariladi va xalqaro bozorga jo‘natiladi. Hozirda kuniga 6 ming juft ishlab chiqaramiz, kelajakda esa yillik quvvatni 3 million donaga yetkazishni rejalashtirganmiz”, — dedi Sino International rahbari Rongxuan.
Nike strategiyasiga ko‘ra, mamlakatimizda tikilgan krossovkalar...