Yandex Go kompaniyasi O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va turizm vazirligi ko‘magida «An’analarga e’tibor» loyihasini ishga tushirdi. Xizmat mamlakatimiz aholisi va mehmonlarini qadimiy naqshlar, ularning tarixi va ramzlari bilan tanishtiradi.
Yandex Goning «Kursiv» nashriga aytishicha, an’anaviy naqshlar O’zbekiston tarixi va madaniyatining muhim qismidir, biroq ular xotirasi muqarrar ravishda yo’qoladi. ORNANTS tadqiqot guruhi bilan birgalikda kompaniya o‘nta rang-barang naqshni tanladi – endilikda Xrizantema, Anorguli, Rafida va boshqa bezaklarni Yandex Go xizmati orqali buyurtma berish uchun kelgan avtomobillarda ko‘rish mumkin.
– Ko‘p asrlik merosni asrab-avaylash yo‘llaridan biri an’anaviy naqsh va ramzlarni zamonaviy kontekstga kiritishdir. Shahar ko‘chalarida yuzlab avtomobillar tufayli ko‘proq odamlar ularni bilib olishlari...