Hozir O’zbekistonning ichki bozorda mahsulotning atigi 5%, eksportda esa 45% temir yo‘l orqali tashilmoqda. Yaʼni, temir yo‘l kompaniyasi avtomobilda yuk tashish bilan raqobat qila olmayapti. Bu haqda O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev temir yo‘l sohasini rivojlantirish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilishda aytib o‘tdi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, halqaro maydondagi vaziyat hisobiga transport xarajatlari bir necha barobar oshib ketdi. O‘zbekistonda esa okeanlariga to‘g‘ridan-to‘g‘ri chiqish y’oq. Shuning uchun mamlakatda temir yo‘l eng arzon transport hisoblanadi.
Shuning uchun yig‘ilishda bu sohada ham o‘zgarishlarni amalga oshirish vaqti kelgani taʼkidlandi. Masalan, ayrim temir yo‘l korxonalari rentabelligi past, vagonlar parkining bir qismi taʼmirtalab va yangilanishga muhtoj. Jumladan, sohada...