Amerika Qo’shma Shtatlarining (AQSh) sobiq prezidenti Donald Tramp Jorjiyadagi 2020-yilgi prezidentlik saylovlarida firibgarlikda ayblanib, qisqa muddatga qamoqqa tashlandi. Bu haqda Reuters axborot agentligi yozgan.
Siyosatchi 20 daqiqa qamoqda o‘tirdi. Bu vaqt ichida P01135809-raqamli mahbus — sud hujjatlarida Trampning raqami shu raqamdan iborat — qamoqxona suratini oldi. Ilgari AQShning sobiq prezidenti bu tartibdan o‘tishi shart emas edi. Tramp tarafdorlari allaqachon surat «Mona Lizadan ham mashhurroq bo‘lishini» bashorat qilishgan.
«Bo’lgan voqea adolatning parodiyasidir. Men hammaga ma’lum bo‘lgan noto‘g‘ri ish qilmadim», — dedi Tramp ozodlikka chiqqanidan keyin jurnalistlarga. U yana bir bor o‘ziga nisbatan qo‘zg‘atilgan jinoiy ishlarning siyosiy motivlari borligini ta’kidladi.
Agentlikning...