Mamlakatda oziq-ovqat tanqisligi haqidagi xabarlar tarqalmoqda
Koreya Xalq Demokratik Respublikasi (KXDR) yetakchisi Kim Chen In oziq-ovqat taqchilligi haqidagi xabarlar fonida rasmiylarga mamlakat qishloq xo‘jaligini tubdan o‘zgartirish bo‘yicha ko‘rsatma berdi, xabar bermoqda Reuters agentligi Shimoliy Koreya davlat OAVlariga tayanib.
Koreya Mehnat partiyasi VIII Markaziy qo‘mitasining 7-kengaytirilgan yalpi majlisida Kim Chen In ham joriy yilda g‘alla yetishtirish bo‘yicha belgilangan ko‘rsatkichlarga erishish ishdagi asosiy ustuvor yo‘nalish ekanini ta’kidladi.
KXDR davlat ommaviy axborot vositalarida «tuddiy o‘zgarishlar» nimani nazarda tutayotgani tushuntirilmagan. Biroq, ularning fikriga ko’ra, keyingi bir necha yil ichida o’zgarishlar yuz berishi kerak.
Bu buyruq Shimoliy Koreyada oziq-ovqat taqchilligi ortib borayotgani haqidagi xabarlar...