Forbes jurnali dunyoning eng qimmat 30 futbol klubi reytingini e’lon qildi.
«Real» Madrid klubi ketma-ket uchinchi yil $6,6 milliardga baholangan futbol reytingida yetakchilik qilishda davom etmoqda. Jamoa, shuningdek, barcha klublar orasida daromad bo‘yicha ham ( $873 mln) birinchi o‘rinda, operatsion foydasi esa $76 millionni tashkil qildi.
$6,55 mlrd qiymati bilan reytingda ikkinchi o’rinni egallagan «Manchester Yunayted»ning aksiyalarini sotib olish mumkin. Fevral oyida ser Jim Redklif klubning 27,7 foizini har bir aksiya uchun $33 bergan bo’lsa-da, bozor tahlilchilari ularni ancha past baholamoqda. Har bir aksiya uchun $17. Yil davomida klubning daromadi $787 millionni, operatsion foyda esa $187 millionni tashkil etdi...