O‘zbekistonlik gimnastikachi Oksana Chusovitina jarohati sabab Parij Olimpiadasida ishtirok eta olmaydi. Bu haqda u Instagram’dagi sahifasida ma’lum qildi.
Sportchi O‘zbekiston poytaxtida bo‘lib o‘tadigan badiiy gimnastika bo‘yicha Osiyo chempionatini o‘tkazib yuboradi – bu Olimpiya o‘yinlariga saralashning so‘nggi bosqichi edi.
«Kecha Parijda boʻlib oʻtadigan Olimpiada oʻyinlariga saralash turniri vazifasini oʻtagan Osiyo chempionatida mashq bajarishda jarohat oldim va bu musobaqalarda qatnasha olmayman. Men juda afsusdaman, chunki men bu turnirga juda qattiq va uzoq vaqt tayyorlangan edim», dedi sportchi.
Gimnastikachi Olimpiadaga mehmon sifatida borishini va O‘zR vakillarini qo‘llab-quvvatlashini alohida ta’kidladi.
Qit’a chempionatlarida sportchilar Parijdagi Olimpiya o‘yinlariga yo‘llanma olish uchun so‘nggi imkoniyatga ega bo‘lishadi...