Afg‘oniston O‘zbekiston bilan tovar ayirboshlash hajmini hozirgi 600 million dollardan 3 milliard dollargacha oshirishni rejalashtirmoqda, deb xabar berdi TOLOnews portali V.B. Sanoat va savdo vaziri Nuriddin Aziziy so‘zlariga tayanib.
Unga ko‘ra, 2023-yil noyabr oyidan boshlab O‘zbekiston bilan chegaradosh Hayraton porti haftada yetti kun, tun-u kun ishlaydi.
Aziziy bu haqda O‘zbekiston bosh vaziri o‘rinbosari Jamshid Xo‘jayevning Afg‘onistonga tashrifi chog‘ida bayonot berdi.
Tomonlar savdo-iqtisodiy aloqalarni, jumladan, temir yo‘l, transport va tog‘-kon sanoati sohasidagi hamkorlikni muhokama qildi.
O‘zbekiston Iqtisodiyot vazirligi rahbari Afg‘onistonda tinchlik va barqarorlik o‘rnatilishiga chaqirdi. Uning qo‘shimcha qilishicha, Toshkent Kobul bilan tranzit yuk tashish, qishloq xo‘jaligi va...