Yevropa Ittifoqi uchinchi mamlakatlarga, shu jumladan Rossiya Federatsiyasiga eksporti diqqat bilan tekshirilishi kerak bo’lgan tovarlar ro’yxatini e’lon qildi.
Iqtisodiy jihatdan muhim tovarlar roʻyxati joriy yilning oktyabr oyi oʻrtalarida Bryussel tomonidan qabul qilingan. U kimyo sanoati, mashinasozlik, elektronika, yuk mashinalari va tirkamalar uchun zarur bo’lgan tovarlarni o’z ichiga oladi.
Amerikaning The Wall Street Journal nashri sanksiyaga kiritilgan tovarlarning bir qismi Rossiyaga sobiq ittifoq davlatlari hududi orqali kiradi, deb hisoblaydi. Bularga yuqori texnologiyali mahsulotlar – lazerlar va mikrosxemalar kiradi.
WSJ bilan suhbatlashgan ekspertlar G‘arb sanksiyalarini chetlab o‘tishning bu usulini Yevroosiyo aylanma yo‘li deb atadi. Ularning fikricha, O‘zbekiston, Qozog‘iston...