Tazabek: «Qirg‘iziston iqtisodiy erkinlik reytingida 115-o‘rinni egalladi, – o‘rganish» – O‘zbekiston iqtisodiy erkinlik reytingida 176 mamlakat ichida 109-o‘rinni egalladi. Ro‘yxat har yili Wall Street Journal va Heritage Foundation tomonidan o‘tkaziladigan tadqiqotga asoslangan.
Markaziy Osiyo davlatlari orasida Qirg‘iziston 115-o‘rinni, Qozog‘iston eng yaxshi natijani qayd etdi – 71-o‘rin.
Indian Express: «O‘zbekiston Samarqandda bo‘lib o‘tadigan sayyohlik sammiti Hindiston bilan aloqalarni mustahkamlashiga umid qilmoqda» – Dushanba kuni Samarqandda boshlanadigan BMT Jahon sayyohlik tashkiloti sammitida dunyoning 160 dan ortiq davlati ishtirok etadi.
«Biz Samarqand shahrida YUNVTOning 25-sammitiga mezbonlik qilayotganimizdan g‘oyat faxrlanamiz. Hindiston ham ushbu tarixiy tadbirda ishtirok etmoqda va biz dunyoni...