Qozog‘iston hukumati, agar Toshkent narx bo‘yicha yaxshi sharoitlarni taklif qilsa, O‘zbekistonga neft eksporti hajmini oshirish masalasini ko‘rib chiqishi mumkin, dedi Qozog‘iston energetika vaziri o‘rinbosari Erlan Akkenjenov.
«O‘zbekiston Respublikasiga neft yetkazib berish Shag‘ir neft quyish stansiyasi (Chimkent) va Qosimov neft nasos stansiyasidan (Atirau) amalga oshiriladi. Agar O‘zbekiston tomoni Xitoy yoki boshqa xorijiy davlatlar yo‘nalishidan ko‘ra yaxshiroq narx va shartlarni taklif qilsa, biz yetkazib berish hajmini oshirishni ko‘rib chiqishga tayyormiz», — dedi Akkenjenov.
Uning so‘zlariga ko‘ra, bu masala allaqachon O‘zbekiston tomoni bilan muhokama qilingan. 2022-yil yakuniga ko‘ra Qozog‘iston neftining O‘zbekistonga eksporti umumiy hajmning 0,13 foizini tashkil...