Rossiya prezidenti Vladimir Putin Ukrainadagi hozirgi pozitsiyalarda urushni to‘xtatishga tayyor, deb yozadi «Reuters» to‘rtta rossiyalik manbaga tayanib.
Agar Kiyev va G‘arb bu shartlarni qabul qilmasa, urush davom etadi. Putinga yaqin boʻlgan uch manbaning aytishicha, Rossiya Federatsiyasi rahbari Gʻarb muzokaralarga aralashishga urinayotgan kichik maslahatchilar guruhidan noroziligini bildirgan.
«Putin qancha xohlasa jang qilishi mumkin, biroq u urush tamom bo‘lishi uchun oʻt ochishni toʻxtatishga ham tayyor», dedi Putin bilan ishlagan va Kremldagi yuqori darajadagi muzokaralardan xabardor boʻlgan toʻrt nafar yuqori martabali amaldordan biri.
Yana ikki manbaga ko‘ra, Putin urushda shu paytgacha erishilgan muvaffaqiyatlar Rossiya xalqining g‘alabasini e’lon qilish uchun yetarli bo‘lgan deb...