Jahon savdo tashkiloti kotibiyati O‘zbekistonning Jahon savdo tashkilotiga a’zo bo‘lishi bo‘yicha ishchi guruhlarning navbatdagi yig‘ilishini e’lon qildi. U joriy yilning 24 may kuni Jenevada bo‘lib o‘tadi. Bu haqda O‘zbekiston prezidentining JST masalalari bo‘yicha maxsus vakili Azizbek O‘runov III Toshkent investitsiya forumi doirasida jurnalistlarga ma’lum qildi.
«JST bosh direktori Ngozi Okonjo-Iveala xonim iyun oyi boshida Toshkentga tashrif buyurishi rejalashtirilgan. Uning tashrifi doirasida O‘zbekistonning iqtisodiy islohotlari va Jahon savdo tashkilotiga a’zo bo‘lishiga bag‘ishlangan davra suhbati tashkil etishni rejalashtirganmiz», dedi u.
Forumda JST mavzusiga bag‘ishlangan panel muhokamasi chog‘ida Jahon bankidagi yo‘nalishlardan biri rahbari Antonio Nusifora O‘zbekiston tashkilotga a’zo...