O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Pokiston Bosh vaziri vazifasini bajaruvchi Anvar ul-Haq Kakar bilan uchrashdi. Mamlakatlar o‘rtasidagi hamkorlik, jumladan, iqtisodiyot va transport sohalaridagi masalalar muhokama qilindi. Bu haqda Mirziyoyev matbuot xizmati xabar berdi.
Uchrashuv Amerikaning Nyu-York shahrida BMT Bosh Assambleyasining 78-sessiyasi doirasida bo‘lib o‘tdi.
Davlat vakillari imtiyozli savdo shartnomasi doirasida tovar ayirboshlash hajmini qanday oshirishlari haqida gapirdi. Toʻqimachilik, turizm, farmatsevtika va elektrotexnika sanoatida qoʻshma loyihalar koʻrib chiqildi.
Mirziyoyev va Kakar Transafgʻon temir yoʻli qurilishi masalasini ham muhokama qilgan.
O‘zbekiston va Pokiston savdo-iqtisodiy, sarmoyaviy, transport-kommunikasiya, shuningdek, xavfsizlik sohasida hamkorlik qilish niyatida.
Yil boshidan buyon mamlakatlar o‘rtasidagi o‘zaro tovar ayirboshlash hajmi...