2024-yilda jahon iqtisodiyoti yangi salbiy rekord o‘rnatishi mumkin: joriy o‘n yillikning birinchi yarmida yalpi ichki mahsulotning o‘sishi oxirgi o‘ttiz yillik davrdagi ko‘rsatkich eng past bo‘lishi mumkin. Bu haqda Jahon banki dunyo iqtisodiyotining rivojlanish istiqbollari haqidagi hisobotida yozadi.
Bugungi kunda jahon iqtisodiyotidagi vaziyat 2022-yilga nisbatan biroz tiklanganiga qaramay, davlatlar o‘rtasida kuchayib borayotgan keskinlik yaqin kelajakda yangi tahdidlarni keltirib chiqarishi mumkin.
Hisobot mualliflarining ta’kidlashicha, ko‘plab rivojlanayotgan iqtisodlar uchun o‘rta muddatli istiqbol ko‘pchilik yirik iqtisodlarda o‘sish sur’ati sekinlashgani, savdoning o‘sish sekinlashishi va kredit siyosatining keskinlashuvi tufayli yomonlashgan.
2024-yilda global savdo o‘sishi koronavirus pandemiyasidan oldingi o‘n yillikning o‘rtacha yarmini tashkil etadi.
Bu yil global...