Dollar bu yil o‘tgan yilga nisbatan keskin ko‘tarildi. Oʻtgan yil davomida soʻm dollarga nisbatan 4 foizdan kam pasaydi, 2023-yilning oʻtgan davrida esa milliy valyuta 9 foizdan ortiq qadrsizlandi. «Kursiv» ekspertlar bilan 2023-yil oxirigacha va 2024-yilda dollar uchun qanday prognoz berishlari haqida gapirdi.
Oxus universitetida moliyaviy ishlar bo’yicha prorektori, moliyaviy iqtisod professori Xayot Saydaliyev shunday prognoz berdi:
«Agar joriy iqtisodiy tendensiyalar saqlanib qolsa, O‘zbekistonda 2024-yilning birinchi choragi yakuniga dollar kursi 13 150 so‘mni, bu yil dekabrda esa 12 650 so‘mni tashkil etadi».
Sanoat qurilish banki (SQB) korporativ biznes bo‘limi boshlig‘i Abror Rustamov aytishicha eksport-import, asosiy hamkor...