Fevral oyida qisqa muddatli mustahkamlanishdan so‘ng so‘m mart oyida dollarga nisbatan pasayishni boshladi.
O‘zbekiston valyuta birjasi ma’lumotlariga ko‘ra, 7-mart kuni dollar kursi 12 940,11 so‘mni tashkil etib, oldingi kun bilan solishtirganda 21,75 so‘mga oshdi. 6-mart kuni esa kurs 12 918,36 so‘m bo‘lib, 17,99 so‘mga oshgan edi.
Faqatgina 5-mart kuni so‘m biroz mustahkamlandi: kurs 12 900,37 so‘mga tushib, 2,96 so‘mga pasaydi. 4-mart kuni esa 12 903,33 so‘mni tashkil etib, 6,13 so‘mga oshgan. 3-martda esa kurs 12 897,20 so‘m bo‘lib, 7,13 so‘mga ko‘tarildi.
Fevral oyining oxirgi kunida, 28-fevralda dollar kursi 12 890,07 so‘mni tashkil etgan edi. Umuman...