«Beeline Uzbekistan» texnik direktori Mahmud Nodirov o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashadi
2020-yilda butun dunyo boʻylab koronavirus avj olgan davrda, baʼzi mamlakatlarda 5G tarmoqlari tufayli norozilik namoyishlari kelib chiqqan edi. Odamlar noma’lum kasallikdan qo‘rqib, uning tarqalishida texnologiyalar aybdor degan yanglish xulosaga kelishgan. Eng so‘nggi uskunalar, jumladan, tayanch stansiyalari vandalizm harakatlaridan zarar ko‘rgan, kelib chiqishi biologik bo‘lgan virus radiosignal orqali tarqaladi degan noto‘g‘ri fikr butun dunyo bo‘ylab tarafdorlarni jamlagan edi. Garchi har qanday o‘qimishli odam boshidanoq bu taxminning be’manilik va ilmdan yiroqligini aniq bilishi lozim.
Muammo shundaki, ba’zi odamlar mantiq va faktlar bilan emas, balki his-tuyg‘ular bilan ish ko’rishadi. Axir, radiofobiya bu nima...