O‘zbekiston Istiqbolli loyihalar milliy agentligi (ILMA) Binance kriptobirjasidan jarima undirish uchun sudga murojaat qilishga tayyor. Bu haqda ILMA direktorining birinchi o‘rinbosari Vyacheslav Pak 6-fevral kuni bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida ma’lum qildi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq birja 102 million so‘m jarimaga tortilgan edi. Bu bir qator qonunbuzarliklar tufayli sodir bo’ldi. Huquqbuzarliklar orasida O‘zbekistonda yuridik shaxsning, shuningdek, mamlakat ichida serverlarida elektron platformaning yo‘qligi, anonim aktivlar bilan operatsiyalarni amalga oshirish (O‘zRda bu taqiqlangan) kabilar bor.
Vyacheslav Pakning so’zlariga ko’ra, Binance jarimani to’lashdan bosh tortgan, shuning uchun ILMA bu masala bo’yicha sudga da’vo qiladi. Qaror qabul qilingandan so’ng, tartibga soluvchi tashkilot joylashgan yurisdiktsiyadagi rasmiy...