Germaniyaning Henkel kompaniyasi Markaziy Osiyo va Kavkaz mintaqalari ofisini Rossiyadan Qozog‘istonga o‘tkazishni yakunladi, deb ma’lum qildi bo‘linma bosh direktori Mihail Yershov Sanoat vazirligida bo‘lib o‘tgan ishchi yig‘ilishda.
Uning so‘zlariga ko‘ra, ishlab chiqarish va logistika zanjirlarining tobora murakkablashib borayotgani kompaniyani Yevrosiyo makonida ishlab chiqarishni mahalliylashtirish haqida o‘ylashga majbur qilgan.
Henkelning mintaqada allaqachon ikkita ishlab chiqarish zavodlari bor – Kunaevdagi qurilish aralashmalari va gruntovka ishlab chiqaradigan zavod va Tbilisi yaqinidagi yelim ishlab chiqaradigan zavod.
Henkel o’z faoliyatini Yevrosiyo mintaqasining to‘qqizta davlatida – Qozog’iston, O’zbekiston, Tojikiston, Qirg’iziston, Turkmaniston, Mo’g’uliston, Ozarbayjon, Armaniston va Gruziyada olib boradi.
Eslatib o‘tamiz, Henkel’ning mintaqaviy vakolatxonasini O‘zbekistonga ko‘chirish...