O‘zbekistonda faoliyat yuritayotgan nemis kompaniyalari o‘z hukumatidan imtiyozli sarmoya kafolatlarini oladi, deb xabar bermoqda Deutsche Welle.
Germaniya hukumati O‘zbekiston, Qozog‘iston va Gruziyaga sarmoya kiritishni imtiyozli kafolatlar bilan rag‘batlantiradi. Shu tariqa rasmiy Berlin nemis biznesining Xitoyga qaramligini kamaytirishga va sarmoya oqimini rivojlanayotgan mamlakatlardagi boshqa istiqbolli bozorlarga yo‘naltirishga umid qilmoqda.
«Germaniya kompaniyalari uchun yaxshi shart-sharoitlarga ega bo’lgan, ammo hozirgacha ular tomonidan kamroq e’tibor qaratilayotgan maqsad mamlakatlar rag’batlantiriladi», – dedi Germaniya Iqtisodiy ishlar va iqlimni muhofaza qilish vazirligi (BMWK).
Roʻyxatda jami 34 ta davlat bor. Iqtisodiyot vaziri o‘rinbosari Frantsiska Brantnerning so‘zlariga ko‘ra, tanlov «ishonchli tashqi iqtisodiy sherik...