Birinchi bosqichda bu dorilar bo’ladi
Ilg‘or texnologiyalarni rivojlantirish markazi (CRPT) direktorlar kengashi raisi Mixail Dubin TASS agentligiga bergan intervyusida Rossiya va O‘zbekistonning markalash kodlari o‘zaro tan olinishini kutishini aytdi.
«Shuningdek, hukumat ikki davlatning markalash kodlarini oʻzaro tan olish boʻyicha kelishib olishini kutamiz. Buni farmatsevtikadan boshlash kerak, bu ikki davlat oʻrtasida tovarlarni ikki milliy tizimda qayta markalanmasdan tashish imkonini beradi», dedi u.
Dubinning taʼkidlashicha, Oʻzbekiston mahalliy vinolar uchun barcha qogʻoz aksiz markalarini bekor qilib, elektron markalarga oʻtgan. Shuningdek, mahsulotlar ro’yxatini kengaytirish kutilmoqda. Uning so‘zlariga ko‘ra, bu O‘zbekistondagi alkogol ishlab chiqaruvchilar uchun qariyb 20 milliard so‘m, tamaki mahsulotlari uchun qariyb 11 milliard...