Yaponiya hukumati 24-avgust kuni Fukusima atom elektr stansiyasidan 1 million tonnadan ortiq tozalangan radioaktiv suvni oqizishni boshlashini ma’lum qildi, deb xabar bermoqda Reuters.
Tokioning bu harakati Xitoyda keskin tanqid qilindi. Yaponiya baliq ovlash guruhlari va janubiy koreyalik faollar ham qarshi chiqdi. Rasmiy Seul qaror xalqaro standartlar doirasida qabul qilingan deb hisoblaydi.
Yaponiya rasmiylari oqizilgan suvning xavfsiz ekanligini ta’kidlamoqda. Buni MAGATE tasdiqladi.
Xitoyning Global Times nashri tomonidan o‘tkazilgan so‘rov natijalariga ko‘ra, Osiyo va Okeaniyadagi 11 mamlakatdan kelgan respondentlarning 80 foizdan ortig‘i Tokio qarorini mas’uliyatsizlik deb atadi. Xitoyda respondentlarning 76 foizi, Janubiy Koreyada 59 foizi va Yangi Zelandiyada 52 foizi...