Joriy yilning fevral oyi yakunlariga soʻmdagi kreditlarning oʻrtacha tortilgan stavkasi 23,7 foizgacha, yaʼni 0,4 foizga arzonlashdi. Bunda chakana kreditlarning narxi 0,7 foizga arzonlashib, 24,4 foizga pasaydi. Korporativ kreditlarning stavkasi 22,9 foiz darajasida oʻzgarishsiz qolgan.
Soʻmdagi stavkalar pasaygan boʻlsa, valyutadagi kreditlarning oʻrtacha tortilgan stavkasi maksimum 9,8 foizga yetgan.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda valyuta kreditlari faqat kompaniyalarga beriladi. Fuqarolarga bunday kreditlar berish taqiqlanadi.
«Biznes uchun yana valyutadagi kreditlarning afzalligi illyuziyasi paydo boʻlayotganga oʻxshaydi. Vaqtincha uzilishlarni yopib turish uchun qisqa muddatli valyuta kreditlariga murojaat qilishni tushunsa boʻladi, lekin uzoq muddatli valyuta kreditlari boʻyicha, ayniqsa hozirgi yuqori...