Qoraqalpogʻiston poytaxti Nukus shahrida mashhur rossiyalik jurnalist va YouTube bloger Aleksey Pivovarov hibsga olindi. U bilan birga uning «Redaksiya» loyihasining suratga olish guruhi va mahalliy Hook portalining muxbiri Ferida Maxsetova ham huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan olib ketildi. Bu haqda Hook nashri xabar berdi.
Hook nashrining maʼlumotiga koʻra, jurnalistlarni nomaʼlum bir fuqaroning arizasi asosida «suhbat uchun» olib ketishgan.Ma’lum qilinishicha, suratga olish guruhidan olingan material olib qo‘yilgan.
Bu holatga Rossiyaning Oʻzbekistondagi elchixonasi izoh berdi. Diplomatik vakolatxona Oʻzbekiston Tashqi ishlar vazirligi bilan bogʻlanib, Rossiya fuqarolariga «kerakli yordam» koʻrsatishga vaʼda berdi.
O‘zbekiston prezidenti huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi mahalliy boshqarmasi...