«Toshkent» respublika fond birjasida birja obligatsiyalarini chiqarish imkoniyati yaratildi. Reglament bugun, 6-maydan kuchga kirdi, deya aniqlik kiritdi RFB.
«Kursiv» «Toshkent» RFB Biznesni rivojlantirish bo‘limi boshligʻi Mansurxoʻja Tuxtasinov bilan birja obligatsiyalari qanday afzalliklarga ega va emitentlarga qanday talablar qoʻyilayotgani haqida suhbatlashdi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, birja obligatsiyalarining asosiy afzalligi ularni muomalaga tezroq va arzonroq chiqarish imkoniyatidir.
«Ayni paytda qimmatli qogʻozlar bozorini tartibga soluvchi organ tomonidan koʻrib chiqilib, roʻyxatdan oʻtkazilgan oddiy korporativ obligatsiyalarni roʻyxatdan oʻtkazish uchun 30 kun vaqt ketadi, joylashtirish muddati esa 1 yil. Fond birjasida roʻyxatdan oʻtkazilgan birja obligatsiyalarida koʻrib chiqish va roʻyxatdan oʻtkazish muddati...