Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti matbuot kotibi Mariya Van Kerxovening aytishicha, BA.2.86 deb nomlangan COVIDning Pirola nomi bilan mashhur bo‘lgan yuqori mutatsiyaga uchragan varianti Janubiy Afrikadagi mamlakatlar, shuningdek, Shveytsariya, Isroil, Daniya, AQSh va Buyuk Britaniyada topilgan.
Olimlarning fikricha, BA.2.86 monitoringi muhim bo‘lsa-da, global emlash natijasida yaratilgan immunitet himoyasini hisobga olgan holda, bu og‘ir kasallik va o‘limning halokatli to‘lqinini keltirib chiqarishi dargumon.
«Raqamlar hali ham kichik», dedi Mariya Van Kerxove.
Ma’lum bo’lgan holatlar bir-biriga bog’liq emasligi, ayniqsa, butun dunyo bo’ylab kuzatuvning kamayishi hisobga olinsa, u allaqachon kengroq tarqalayotganidan dalolat beradi, dedi u.
Olimlar hozirda yangilangan COVID-19 vaktsinalarining BA.2.86 ga qarshi qanchalik...