Tolibon yana bir bor Afg‘onistonning sobiq hukumati samolyotlarini qaytarishga chaqirdi. Bu haqda mudofaa vaziri o‘rinbosari Muhammad Qosim Farsad ma’lum qildi, deb xabar beradi TOLOnews.
«Ularning soni 60 ga yaqin samolyot boʻlishi mumkin va ular hozirda bir yoki ikki davlatda joylashgan. Biz ularni rasman qaytishlarini so‘raganmiz, biroq ular AQSh bosimi tufayli faol emas», — dedi Farsad.
AQSH maʼlumotlariga koʻra, 2021-yilda Tolibon hokimiyatni qoʻlga kiritgach, Afgʻoniston Harbiy-havo kuchlari uchuvchilari Oʻzbekiston va Tojikistonga samolyot va vertolyotlar parkining chorak qismini oʻgʻirlab ketishgan.
Oʻtgan yilning bahorida Oʻzbekistonda 46 ta, Tojikiston hududida 18 tasi boʻlgan, jumladan, Mi-17 va UH-60 (Black Hawk) harbiy-transport vertolyotlari, umumiy...