Makroiqtisodiyot va mintaqaviy tadqiqotlar instituti (IMRI) mutaxassislari tomonidan O‘zbekistonning har bir viloyatidagi eksport qiluvchi korxonalarga mahsulot yetkazib berish yo‘nalishlari bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqildi.
Fransiya, Gollandiya, Polsha, Ispaniya, Avstriya, Shvetsiya, Italiya, Belgiya, Bangladesh, Gonkong, Yaponiya, Singapur, Quvayt, BAA, Turkiya, Tailand, Qatar, Janubiy Koreya, Misr, Saudiya Arabistoni kabi mamlakatlar meva, sabzavot va yong‘oqning istiqbolli bozoriga aylandi.
«Birinchi navbatda, Namangan, Jizzax, Xorazm, Samarqand, Sirdaryo va Toshkent viloyatlarining eksport qiluvchi korxonalari bunga e’tibor qaratishlari kerak, – deyiladi o‘rganishlar natijalarida.
Fransiya, Germaniya, Xitoy, Gonkong, Hindiston, Saudiya Arabistoni va BAA yorma, un va ziravorlar eksporti uchun foydali bo’lishi mumkin.
Buxoro, Surxondaryo, Samarqand, Farg‘ona, Samarqand va...