Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi (ITIM) maʼlumotlariga koʻra, 2023-yilning yanvar-sentyabr oylarida Oʻzbekiston iqtisodiyoti oʻrta muddatli tendentsiyalardan yuqori oʻsdi va oʻsish surʼati 5,8 foizni tashkil etdi.
Mamlakatda yillik iqtisodiy o‘sish 5,4-5,6 % oralig’ida bo’lishi prognoz qilinmoqda. Shu bilan birga, aholi iste’moli va investitsiyalar hajmining o‘sishi mos ravishda 4,8 va 7,6 % tashkil etadi.
Oktabr oyi holatiga milliy valyutaning pul massasidagi ulushi 77 %, chet el valyutasidagi depozitlarning ulushi 23 % tashkil etdi.
Savdo shartlari pasayishda davom etdi. Ko‘rsatkich o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 0,5 % yomonlashgan, 2018-yildan esa 11,2 % kamaygan.
Ta’kidlash joizki, O‘zbekiston sanoati yuksalishda davom etmoqda. Joriy yilning...