Yangiliklar

Haftaning muhim yangiliklari: MB dollar nima uchun o‘sib borayotganini tushuntirdi, BYD esa mamlakat avtomobil bozorining yarmini egallash rejasini oshkor qildi

O‘zbekiston aholisi 37 millionga yetdi

Rasm: mathes/Depositphotos

Statistika agentligi ma’lumotlariga koʻra, 2024-yil 22-aprel bo‘yicha, Oʻzbekiston aholisi 37 mln kishini tashkil qilgan.

Shavkat Mirziyoyev ta’tilga chiqdi

22-aprel kuni O‘zR prezidenti qisqa muddatli mehnat ta’tiliga chiqdi, deb xabar beradi davlat rahbari matbuot kotibi Sherzod Asadov.

BYD O‘zbekiston avtomobil bozorining yarmini egallashni rejalashtirmoqda

O‘zbekistondagi BYD zavodi yengil avtomobillar ishlab chiqarish bo‘yicha mamlakat bozorining kamida yarmini egallashni rejalashtirmoqda. Bu haqda BYD Uzbekistan Factory moliyaviy direktori Diyor Muxamedov Toshkentdagi «Innoprom» ko‘rgazmasida «Kursiv»ning savoliga javob berdi.

«Hamkorbank» va «Aloqabank» aksiyalari pasaydi, «Ipoteka-bank» esa o‘sishni ko‘rsatdi

Rasm: monsit/ depositphotos.com

O‘zbekistondagi kompaniya va banklarning eng yuqori likvidli aksiyalari haftani fond bozorida ijobiy natijalar bilan yakunladi. Birjadagi kotirovkalar qanday o‘zgarganini «Kursiv» maqolasida o‘qing.

Xokkey bo‘yicha Osiyo-Okeaniya kubogiga start beriladi-video

Rasm: UZ. HOCKEY

23-aprel kuni soat 19:00 da «Humo Arena»da 18 yoshgacha bo‘lgan o‘smirlar o‘rtasida Osiyo-Okeaniya kubogining birinchi o‘yini bo‘lib o‘tadi, deb xabar berdi «Kursiv»ga «Humo» matbuot xizmati.

O‘zbekistonda dronlar jinoyatchilikka qarshi kurashadi

Rasm: Piqsels

Huquq-tartibot idoralari xodimlari jinoyatchilikka qarshi kurashda uchuvchisiz uchish apparatlaridan (UUA) foydalanadi, deb xabar berdi O‘zA agentligi.

O‘zbekiston boshqa davlatlar bilan $15,8 milliardlik savdo qildi

Rasm: Oliver26/www.depositphotos.com

O‘zbekistonning tashqi savdo aylanmasi 2024-yilning yanvar-mart oylarida $15,8 milliardni tashkil etdi, bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 6,2 foizga ko‘pdir, deya xabar beradi Statistika agentligi.

O‘zbekistonda 24 ming Damas sotildi

Rasm: LionMotors.uz

23-aprel, seshanba kuni Damas avtomobillari bo‘yicha tuzilgan onlayn shartnomalar soni 24 mingtaga yetdi, deb xabar berdi «UzAuto Motors».

Shavkat Mirziyoyev Qozogʻiston xalqiga hamdardlik bildirdi

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 23-aprel kuni Qozog‘iston prezidenti Qasim-Jomart Toqayev bilan telefon orqali muloqot qildi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.

O‘zbekistonda haydovchilarning maoshi oshmoqda

Rasm: belchonock/Depositphotos

O‘zbekistonda haydovchilarning maoshi oshib va bu kasbga talab ortib bormoqda, deb xabar berdi HH.uz matbuot xizmati «Kursiv» nashriga.

«O‘zbekiston» mehmonxonasi va «Kosmonavtlar» metro bekati madaniy meros obyektlari sifatida e’tirof etildi

Rasm: Madaniyat va sa’natni rivojlantirish jamg‘armasi

O‘zRda 20 ta bino modernizm davri obyekti sifatida e’tirof etilib, milliy madaniy meros obyektlari ro‘yxatiga kiritilgan. Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi tashabbusi bilan qabul qilingan hujjat 22-aprel kuni Vazirlar Mahkamasi tomonidan qabul qilingan edi.

O‘zbekiston va Buyuk Britaniya o‘rtasida hamkorlik deklaratsiyasi imzolandi

Rasm: Baxtiyor Saidov Telegram-kanali

Oʻzbekiston va Buyuk Britaniya oʻrtasida hamkorlik deklaratsiyasi imzolandi, deb xabar qildi OʻzR tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov oʻzining Telegram-kanalida.

Toliblar ilmiy asarlarni o‘zbek tiliga tarjima qilishni taqiqladi

Rasm: Piqsels

«Tolibon» ilmiy asarlarni o‘zbek tiliga tarjima qilishni taqiqlagan. Taqiqlash haqidagi hujjatni «Tolibon»ning oliy ta’lim vazirligi tahrir va tarjima departamenti rahbari Hamidulla Muzzammila imzoladi, deb xabar berdi Sputnik.

Sirdaryoda Hyundai avtomobillarini ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yiladi

Rasm: Shutterstock

Sirdaryo tumanidagi «Asaka Motors» avtozavodida dunyodagi yetakchi avtomobil ishlab chiqaruvchilaridan biri bo‘lgan «Hyundai Motor Sompany» kompaniyasi avtomobil ishlab chiqaradi. Bu haqda viloyat hokimligi ma’lum qildi.

«Qizilqumsement»ning foydasi 27 martaga kamaydi

Rasm: Sputnik

2024-yilning yanvar-mart oylarida «Qizilqumsement» aksiyadorlik jamiyatining sof foydasi o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 41 milliard so‘mdan 1,5 milliard so‘mga (96 foiz) kamaydi.

Xalq bankining birinchi chorakda foydasi 75 foizga pasaydi

Rasm: Kursiv

2024-yilning birinchi choragi yakunlariga ko‘ra, Xalq banki foydasi 75 foizga kamaydi. Sof foyda 15,4 mlrd so‘m etib belgilandi, bu o‘tgan yilga nisbatan qariyb 75 foizga kam. Qoplanmagan zarar ham sezilarli darajada kamayib, 205,0 mlrd so‘mga kamaygan va yillik hisobda 1,9 trln so‘mni tashkil etgan.

O‘zbekistonda dori-darmonlarga qancha pul sarflashdi

Rasm: Piqsels

O‘zbekistonda farmatsevtika bozorining yillik o‘sishi 2023-yilning martidan 2024-yilning fevraligacha bo‘lgan davrda 18 foizni tashkil etdi, bu vaqtda sotuvlar hajmi 20 trln so‘mga yaqinlashdi. Bunday ma’lumotlar «IQVIA faktlari – MDH mamlakatlari +» hisobotida keltirilgan («Kursiv»da bor).

O‘zbekistonda 60 mingga yaqin avtomobil ekologik nazoratdan o‘tkazildi

Rasm:  Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi

 «Toza havo» oyligining birinchi bosqichi doirasida 10-apreldan bugungi  kunga qadar mamlakat barcha hududlarida 58 822 ta avtomashina ekologik nazoratdan o‘tkazildi, deb xabar beradi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi matbuot xizmati.

Atlas Party ishtirokchilarini haqorat qilgan bezori 15 sutkaga qamaldi – video

Rasm: Atlas party Facebook’dagi sahifasi

Joriy yilning aprel oyida «Zamonaviy ayollar» klubida oʻtkazilgan «Atlas party» tadbiri doirasida ayollarga nisbatan haqoratomuz gaplar yozilgan ijtimoiy tarmoqlarda video paydo boʻldi. Bir qator tadbir ishtirokchilari huquq-tartibot idoralariga murojaat qilib, ularni obro‘sizlantirgan noma’lum shaxsning javobgarlikka tortilishini talab qilishdi, deb xabar berdi IIV matbuot xizmati.

Xiaomi 14 Ultra Oʻzbekistonda 25-apreldan sotuvga chiqdi

Rasm:

O‘zbekistonda 25-aprel kuni Xiaomi 14 Ultra flagman smartfoni sotuvga chiqdi. Bu haqda «Kursiv»ga kompaniya matbuot xizmati xabar berdi. Taqdimot Toshkentdagi Intercontinental mehmonxonasida bo‘lib o‘tdi.

Nega O‘zbekiston Markaziy banki asosiy stavkani yana o‘zgartirmadi

Rasm: freepik.com

O‘zbekiston Markaziy banki asosiy stavkani yillik 14% darajasida qoldirishga qaror qildi, deyiladi regulyator saytida.

O‘zbekistonga pul o‘tkazmalari hajmi $2,5 milliardni tashkil etdi

Rasm: alex150770/Depositphotos

2024-yilning birinchi choragida O‘zbekistonga pul o‘tkazmalari hajmi $2,5 milliardni tashkil etdi, bu 2023-yilning shu davriga nisbatan 8,6 foizga ko‘pdir. Bu haqda Markaziy bank boshqaruvi raisi Mamarizo Nurmuratov ma’lum qildi.

O‘zbekiston banklarining kredit portfeli 472,8 trln so‘mga ko‘paydi

Rasm: golib.tolibov.gmail.com/Depositphotos

Oʻzbekistonda tijorat banklarining kredit portfeli joriy yilning mart oyida 472,8 trillion soʻmga yetdi va bir oyda 1,2 foizga oʻsdi, deb xabar beradi Markaziy bank.


«Istirohat bogʻlari xalqniki boʻlishi kerak» – Adolat partiyasi

Rasm: «Adolat» sotsial-demokratik partiyasi

«Adolat» sotsial-demokratik partiyasi poytaxtdagi Abdulla Qodiriy nomidagi va Do‘stlik (sobiq Bobur) bog‘lari ijarasi bilan bog‘liq vaziyatga izoh berdi. Bayonot matni siyosiy birlashmaning Telegram-kanalida e’lon qilingan.

Markaziy bank nima sababdan dollar kursi oshayotganiga izoh berdi

Rasm: Piqsels

Dollar kursi o‘sishining asosiy sababi valyutaga boʻlgan talabning oshishi bilan izohlandi. Birgina 2024-yilning birinchi choragida valyutaga boʻlgan talab 17 foizga oshgan. Bu haqda Markaziy bankda tashkil qilingan matbuot anjumanida bank raisi Mamarizo Nurmuratov ma’lum qildi.

O‘zbekistonga Xitoy avtomobillari importi 67 foizga, elektromobillar esa 25 foizga oshdi

Rasm: BYD

Xitoy Xalq Respublikasi bojxona bosh boshqarmasi ma’lumotlariga koʻra, 2024-yilning birinchi choragida OʻzRga Xitoy yengil avtomobillar importi hajmi 67,2 foizga oshgan.

Davlat obligatsiyalari byudjetga yordam beradi: Oʻzbekiston birinchi chorakda rekord darajada qarz oldi

Rasm: depositphotso.com

O‘zbekiston Iqtisodiyot va moliya vazirligi birinchi chorakda ichki bozorga 11,3 trillion so‘mlik davlat qimmatli qog‘ozlarini (DQQ) chiqardi. Bu miqdor 29-mart holatiga ko‘ra, valyuta kursi bo‘yicha $900 millionga teng. Bu oxirgi yillardagi eng katta hajmdir. Taqqoslash uchun: 2023-yilning shu davrida bu miqdor 4,7 trln. Bu haqda 25-aprel kuni respublika Markaziy bankida o‘tkazilgan matbuot anjumanida ma’lum bo‘ldi.

O‘zbekiston Malayziyani yirik hisobda yengdi

Rasm: UZ.hockey

25-aprel kuni xokkey bo‘yicha Osiyo-Okeaniya kubogining ikkinchi o‘yini bo‘lib o‘tdi, deb xabar beradi O‘zbekiston xokkey federatsiyasi matbuot xizmati.

Oʻzbekistonda qancha boʻsh ish oʻrinlari borligi ochiqlandi

Rasm: pressmaster/Depositphotos

Bugungi kunda Oʻzbekistonda 340 661 ta boʻsh ish oʻrinlari (vakant) bor. Bu haqda Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi ma’lumot berdi.

Shahrisabzda xalqaro pazandalik va musiqa bayramlari bo‘lib o‘tmoqda – fotoreportaj

Rasm: Kursiv

Shahrisabz Iqtisodiy hamkorlik tashkilotining (IHT) turistik poytaxti etib saylandi. Shu munosabat bilan shaharda xalqaro pazandalik va musiqa shoulari o‘tkaziladi. «Kursiv» bayramlardan eng yorqin suratlarni to‘pladi.

Oʻzbekiston AQShning intellektual mulkni himoya qilish boʻyicha «qora roʻyxati»dan chiqarildi

Rasm: intellektual mulk departamenti

Oʻzbekiston Respublikasi intellektual mulkning huquqiy muhofazasi va himoyasi holati boʻyicha AQSh Savdo vakilligining (USTR) 301-maxsus hisobotidagi kuzatuvdagi davlatlar roʻyxatidan (qora roʻyxat) chiqarildi.

Yandex oʻzbek va rus tillarida oʻquv ma’ruzalaridan bepul foydalanishga ruxsat berdi

Rasm: Vicdemi/Depositphotos

Yandex ijtimoiy muammolarni hal qilish uchun texnologiyalardan foydalanish bo‘yicha ma’ruzalar turkumiga kirish imkonini berdi. Ma’ruzalar maktab o‘quvchilari uchun moslashtirilgan bo‘lib, o‘zbek va rus tillarida mavjud.

Qaysi O‘zbekiston davlat kompaniyalari IPO va SPOga qo‘yiladi

Rasm: leungchopan/Depositphotos

12 ta davlat korxonasi IPO va SPOga qoʻyiladi, deb yozadi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi prezident Shavkat Mirziyoyevning farmoniga tayanib.

Dollar keskin pasayishdan so‘ng yana ko‘tarildi

Rasm: Freepik

26-aprel kuni O‘zR valyuta birjasida dollarning o‘rtacha tortilgan qiymati 21,80 so‘mga ko‘tarildi va 12 662,01 so‘mni tashkil qildi. Respublika Markaziy banki ham AQSh valyutasi kursini shu darajada belgiladi.

Kartalardan naqd pul yechib olish asta-sekin kamaymoqda

Rasm: Skorzewiak/www.depositphotos.com

Joriy yilning yanvar-mart oylarida banklarning naqd pul aylanmasi 216 trln so‘mni tashkil etdi. Yillik oʻsish 24 foizni tashkil qildi, deyiladi Oʻzbekiston Markaziy banki hisobotida.

Toshkent aeroportidagi yangi yuk terminali qanday bo‘ladi

Rasm: Uzbekistan Airways

Toshkent aeroportida yuk terminali quriladi. Yiliga 120 ming tonna yuk o‘tkazish quvvatiga ega majmua 5,2 gektar maydonda joylashadi. Ayni paytda uning dizayni ustida ish nihoyasiga yetdi, qurilish ikki bosqichda amalga oshiriladi.

2024-yilning mart oyi uchun Markaziy Osiyoda isteʼmolchilar ishonchi: yangi rekordlar va pasayishlar

Rasm: Shutterstock

Toʻqqizinchi oydirki «Freedom Finance Global» Markaziy Osiyo davlatlari: Qozogʻiston, Oʻzbekiston, Qirgʻiziston va Tojikiston aholisining isteʼmolchilar ishonchi, inflyatsiya va devalvatsiya kutilmalarini oʻrganib kelmoqda. 2024-yil martida ham har xil natijalar koʻrsatildi va baʼzi jihatlarda esa fevraldagi yomonlashuvdan keyin yaxshilanish kuzatildi.

O‘zbekiston U-23 Saudiya Arabistoni ustidan g‘alaba qozondi

Rasm: O‘FA

 26-aprel kuni futbol bo‘yicha Osiyo kubogining pley-off bahslaridan joy olgan O‘zbekiston – Saudiya Arabistoni o‘yini bo‘lib o‘tdi.