Toshkentda qurolli mojaro zonalaridan qaytganlarni reabilitatsiya qilish masalasi muhokama qilinadi
14-may, seshanba kuni Toshkentda qurolli mojaro zonalaridan qaytganlarni reabilitatsiya va reintegratsiya qilish masalalari boʻyicha Markaziy Osiyo mintaqaviy ekspertlar Kengashining birinchi yigʻilishi boʻlib oʻtadi, deb xabar qildi O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi (TIV). Press-reliz «Kursiv»da mavjud.
Oʻzbekistonda mehnat qonunchiligi eng koʻp xalq ta’limida buzilganligi ma’lum boʻldi
Oʻzbekistonda joriy yilning yanvar–aprel oylari davomida mehnat qonunchiligini eng koʻp buzgan soha xalq ta’limi boʻldi. Bu haqda Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi axborot xizmati xabar berdi.
Bolalarni qaysi yozgi oromgohlarga yuborish ma’qul
Yozgi sog‘lomlashtirish oromgohlari boshlanishi arafasida Potrebitel.uz hamjamiyati O‘zbekistondagi ushbu turdagi eng yaxshi muassasalarning o‘tgan yilgi reytingini namoyish etdi.
O‘zbekiston byudjeti taqchilligi 5,9 trillion so‘mga yetdi
2024-yil 1-maydan 10-maygacha O‘zbekiston davlat byudjeti taqchilligi 5,99 trillion so‘mni tashkil qildi, deb xabar berdi Iqtisodiyot va moliya vazirligi.
O‘zbekistonda uy-joy sotib olish va ijaraga berish narxlari qanday o‘zgardi
Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi ekspertlari respublikada uy-joy bozori bo‘yicha aprel oyi yakunlarini sarhisob qildi. Mart oyida biroz pasayishdan so‘ng aprelda vaziyat ijobiy tomonga o‘zgardi.
O‘zbekiston Qozog‘istonga «Do‘stlik» kanali orqali 922 mln kub metr suv yetkazib beradi
O‘zR 2024-yilda sug‘orish uchun «Do‘stlik» kanali orqali QzRga 922 mln kub metr suv yetkazib berishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Davlatlararo suv xo‘jaligini muvofiqlashtirish komissiyasi yig‘ilishida ma’lum qilindi.
Qozog‘iston sobiq vaziri o‘z xotinini o‘ldirgani va qiynoqqa solgani uchun 24 yilga ozodlikdan mahrum etildi
Sud Qozog‘iston sobiq milliy iqtisodiyot vaziri Quvondiq Bishimbayevni xotinini o‘ldirgani va qiynoqlar qo‘llagani uchun 24 yilga, qarindoshi Baxitjan Bayjanovni esa to‘rt yilga ozodlikdan mahrum qildi.
O‘zRning 15 ta hududida IT-shaharlar paydo bo‘ladi
Oʻzbekiston hududlarida yoshlar kasb-hunar va xorijiy tillarni bepul oʻrganishi mumkin boʻlgan IT-shaharlar tashkil etishni rejalashtirmoqda, deb xabar qildi prezident Shavkat Mirziyoyev matbuot xizmati.
«So‘nggi qo‘ng‘iroq» qachon bo‘lib o‘tishi ma’lum bo‘ldi
O‘zbekistonda «Soʻnggi qoʻngʻiroq» joriy yilning 25-may kuni soat 8:00 dan 9:00 ga qadar tashkil etiladi. Maktab oʻquvchilari sonidan kelib chiqqan holda faqatgina 1, 4, 9, 11-sinf oʻquvchilari jalb etiladi. Bu haqda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi xabar berdi.
BYD yangi Sea Lion 07 elektromobilini taqdim qildi
Xitoyning BYD avtomobil ishlab chiqaruvchi kompaniyasi Sea Lion 07 nomli yangi elektromobilni taqdim etdi. Bu haqda CarNewsChina xabar bermoqda.
Alisher Qodirov: O‘zbek tilini bilmaydigan inson nafaqat davlat xizmatida ishlashi, balki davlat xizmatlaridan foydalanishi ham mumkin bo‘lmay qolishiga erishishimiz kerak
«Milliy tiklanish» partiyasi rahbari Alisher Qodirov Rossiya Davlat dumasi spikeri Vyacheslav Volodinning Rossiyaga rus tilini biladigan ishchilar kelishi kerak degan so‘zlariga javob qaytardi.
Oʻzbekistonda TOP-20 yirik soliq toʻlovchilar ma’lum qilindi
Oʻzbekistonda 2024-yil yanvar-aprel oylarida deyarli 2,2 mingta yirik soliq toʻlovchi tomonidan 32,9 trln soʻmdan ortiq soliq tushumlari amalga oshirildi. Bu haqda Soliq qo‘mitasi ma’lum qildi.
Avtomobil bozorida elektromobillarga talab oshmoqda
Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazining so‘nggi hisobotiga ko‘ra, joriy yilning aprel oyida avtomobillar sotuvida pasayishning tezlashishi kuzatildi, biroq elektromobillar segmentida o‘sish kuzatilmoqda.
Oʻzbekistonda benzin va dori-darmon narxining oshishi aholini tashvishga solmoqda
Joriy yilning aprel oyida aholi tomonidan sezilgan inflyatsiya darajasi oʻtgan oyga nisbatan biroz tezlashib, 13,7 foizni tashkil etdi. Bu haqda Markaziy bank axborot xizmati xabar berdi.
ATTO kartalari faqat Uzpost filiallarida sotiladi
2024-yil 15-maydan boshlab Toshkent shahrida yagona ATTO transport kartasining barcha savdo nuqtalari yopiladi, deb xabar berdi «Toshshahartransxizmat».
Saida Mirziyoyeva va AQSh elchisi inson huquqlarini muhokama qildi
Oʻzbekiston prezidentining yordamchisi Saida Mirziyoyeva Amerika Qoʻshma Shtatlarining (AQSh) Oʻzbekistondagi elchisi Jonatan Xenik bilan uchrashib, mamlakatlar oʻrtasidagi hamkorlikni muhokama qildi. Bu haqda Saida Mirziyoyeva oʻzining Telegram kanalida ma‘lum qildi.
O‘zbekistonga qimmatbaho toshlarni olib kirish QQSdan ozod qilindi
Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev zargarlik sanoati uchun qimmatbaho toshlarni olib kirishda qoʻshilgan qiymat soligʻi (QQS) toʻlashdan ozod qiluvchi qonunni imzoladi, deb xabar qildi Adliya vazirligi. Ushbu chora 2027-yil 1-yanvargacha amal qiladi.
O‘zbekistonda bolalar dam olish uylariga soliq imtiyozlari beriladi
O‘zbekistonning Soliq kodeksiga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risidagi qonunni mamlakat prezidenti Shavkat Mirziyoyev imzoladi. Hujjat bo‘yicha mamlakat Adliya vazirligining xabarnomasiga ko‘ra, bir qator uy-joylar va dam olish maskanlariga vaqtinchalik imtiyozlar beriladi.
Google I/O 2024 konferensiyasida nimalar namoyish etildi
Google texnologiya giganti I/O 2024 konferensiyasini oʻtkazdi. Tadbirda ikkita generativ model taqdim etildi – Imagen 3 tasvirlari va Veo videolarini yaratish uchun.
Afg‘onistonliklarga Termiz shahridagi savdo markazida binolarni ijaraga olish va sotib olishga ruxsat beriladi
Afg‘oniston va Pokiston fuqarolari Termiz xalqaro savdo markazi hududida joylashgan savdo do‘konlari va ishlab chiqarish binolarini ijaraga olishlari mumkin bo‘ladi. Bu haqdagi farmonni O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev imzoladi.
15-maydan uy-joy olish uchun subsidiyaga ariza topshirish boshlandi
Subsidiyalar ajratish yuzasidan arizalar tasdiqlangan parametrlar doirasida 2024-yilning 15-mayidan 1-noyabriga qadar qabul qilish belgilangan. Bu haqda «2024 yilda ipoteka kreditlarini ajratish mexanizmlarini takomillashtirish va aholining uy-joy sharoitlarini yaxshilashga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi prezident farmonida ko‘zda tutilgan.
Oʻzbekistonda iqtisodiy oʻsish sur’atlari yuqoriligicha qolmoqda — XVJ
Xalqaro valyuta jamgʻarmasi (XVJ) hisobotida Oʻzbekiston iqtisodiyotining oʻsish sur’atlari yuqoriligi qayd etildi.
O‘zbekistonda qo‘shimcha haq to‘lanadigan o‘qituvchilar ro‘yxati tasdiqlandi
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi mehnat faoliyati uchun oylik ustama toʻlanadigan oʻqituvchilar roʻyxatini tasdiqladi.
May oyi oxiridan Toshkentda qator chorrahalar va koʻchalarni ta’mirlash ishlari boshlanadi
Toshkent shahar hokimligi poytaxtning qator chorrahalari va koʻchalarini ta’mirlash hamda rekonstruksiya qilish boʻyicha keng koʻlamli ishlar boshlanishini ma’lum qildi.
O‘zbekiston 2029-yilgi ayollar Osiyo kubogiga mezbonlik qiladi
15-may kuni Osiyo futbol konfederatsiyasi (OFK) Ijroiya qoʻmitasining Tailand poytaxti Bangkokda boʻlib oʻtgan 4-yigʻilishida OFK prezidenti Shayx Salmon 2029-yilgi qit’a turniriga Oʻzbekiston mezbonlik qilishini rasman e’lon qildi.
O‘zbekistonda Haj mavsumi 23-may kuni boshlanadi
2024-yilda O‘zbekistonda Haj mavsumi 23-maydan boshlanadi, deb xabar qildi Respublika musulmonlari idorasi.
Toshkentda Botir Zokirov haykali ochildi
Bugun, 16-may kuni Toshkent shahrida milliy estrada san’ati asoschisi, Oʻzbekiston xalq artisti Botir Zokirov haykali ochildi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar bermoqda.
Rossiyada ishlayotgan oʻzbekistonliklar ogohlikka chaqirildi
Soʻnggi vaqtlarda Rossiyada ishlayotgan oʻzbekistonliklar orasida internetdagi e’lonlar orqali katta pul evaziga mahsulotni bir manzildan ikkinchi manzilga yetkazib berish holatlari kuzatilmoqda. Bu haqda Tashqi mehnat migratsiyasi axborot xizmati xabar bermoqda.
Gaz va elektr energiyasi narxini oshirish qarorini qabul qilish oson boʻlmadi — Energetika vaziri
Gaz va elektr energiyasi tariflarini oshirish boʻyicha qaror qabul qilish jarayoni oson kechmadi. Bu haqda Energetika vaziri Joʻrabek Mirzamahmudov UzReport telekanaliga bergan intervyusida aytib oʻtdi.
Nega o‘zbekistonliklar kamroq avtokredit olishmoqda
2024-yil mart oyida O‘zbekistonda avtomobil krediti bozori so‘nggi ikki yildagi eng past darajaga tushdi. Umuman olganda, avtomobillar savdosi ham pasayib bormoqda: 2024-yilning uch oyida yangi va foydalanilgan yengil avtomobillar o‘tgan yilning birinchi choragiga nisbatan 3,2 foizga, aprelda esa mart oyiga nisbatan 18,6 foizga kam sotilgan. O‘zbekiston avtomobil bozorida nimalar bo‘layotganini «Kursiv» maqolasida o‘qing.
Samarqandda triatlon boʻyicha jahon kubogi boʻlib oʻtadi
18–19-may kunlari Samarqandda triatlon va paratriatlon boʻyicha Jahon kubogi boʻlib oʻtadi. Bu haqda Milliy olimpiya qoʻmitasi (MOQ) xabar bermoqda.
Toshkent ko‘chalaridagi LED ekranlar tekshirilib, me’yoriga keltirishi bo‘yicha amaliy ishlar boshlandi – video
Toshkentda yorug‘lik diodli (LED ekranlar) tekshirish boshlandi. Qurilmalarni standartlarga moslashtirish rejalashtirilgan, deya xabar qildi poytaxt hokimligi.
Oʻzbekistonda bir qator tarixiy filmlar suratga olinadi
Oʻzbekistonda «Tirik tarix» nomli turkum filmlar 2030-yilgacha amalga oshirilishi rejalashtirildi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar bermoqda.
Uydan chiqmagan holda qanday qilib pensiya miqdorini bilish mumkin
Bugungi kunda fuqarolarga qulaylik yaratish Pensiya jamgʻarmasining @pensiyauzbot Telegram boti orqali pensiya miqdorini bilish imkoniyati yaratilgan, deya xabar bermoqda tashkilot axborot xizmati.
Mirziyoyev: Penaltini urmaganidan keyin uch kun uxlamay chiqdim-video
16-may kuni, davlat rahbari Kinochilar saroyiga tashrifi chogʻida futbol boʻyicha Olimpiya terma jamoasining Osiyo Kubogidagi final natijasiga oʻz izohini berdi.
O‘zbekiston aholisi tuz va shakar narxining oshishidan xavotirga tushmoqda
O‘zbekistonda aprel oyida donador shakar narxi 3,3 foizga oshdi. Buni Freedom Finance Global tomonidan mamlakat rezidentlari o‘rtasida so‘rov o‘tkazgan respondentlarning deyarli to‘rtdan bir qismi Markaziy Osiyo mamlakatlari iste’molchi kutilmasi bo‘yicha o‘rganish natijasida qayd etilgan.
Bozordagi vaziyat: Yevropadagi tabiiy gaz fyucherslari 33 foizga oshdi
Yevropa tabiiy gaz fyucherslari kelasi qish uchun yoqilg‘i zaxiralarini qayta qurish bilan bog‘liq xavotirlar kuchayib borayotgani sababli fevral oyiga nisbatan 33 foizga oshdi, MVt/soat uchun 30 yevro atrofida sotilmoqda.
Yangi Chevrolet Tracker chegirma bilan sotila boshlandi
UzAuto Motors kompaniyasi ayrim komplektatsiyadagi Chevrolet Tracker avtomobillariga 25 milliongacha chegirmalar e’lon qildi. Bu haqda kompaniya axborot xizmati xabar berdi.
Birinchi iyundan Kia Sonet avtomobili narxlari oshiriladi
2024-yilning 1-iyun sanasidan boshlab Kia Sonet krossoveri uchun narxlar oʻzgaradi. Bu haqda kompaniya axborot xizmati xabar bermoqda.
Toshkent shahrida uy-joy ijara narxlari pasayishda davom etmoqda
Joriy yilning aprel oyida poytaxtda oʻrtacha ta’mirlangan xonadonlar uchun ijara narxlari mart oyidagiga nisbatan oʻrtacha 0,9 foizga, toʻliq ta’mirlangan xonadonlar uchun esa oʻrtacha 1,12 foizga pasaygan. Bu haqda Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti (MHTI) xabar bermoqda.
O‘zRTXB avtomobil raqamlari savdosini 3 barobarga oshirdi
O‘zbekiston Respublika tovar-xom ashyo birjasi (O‘zRTXB) avtoraqam.uzex.uz tizimi orqali birinchi chorakda onlayn savdo orqali 212,2 mlrd so‘mlik avtomobil raqamlari sotilgan, bu o‘tgan yilga nisbatan 3,2 barobar ko‘pdir. Bu haqda «Kursiv»ga birja matbuot xizmati xabar berdi.
Malayziya Bosh vaziri Toshkentga keldi – foto
17-may kuni, Ko‘ksaroy qarorgohida Shavkat Mirziyoyevning rasmiy taklifiga binoan O‘zbekistonga kelgan Malayziya Bosh vaziri Anvar Ibrohimning uchrashuviga bag‘ishlangan tantanali marosim bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda davlat rahbari matbuot xizmati.
Toshkentda ikkilamchi bozorda avtomobillar qancha turadi
Ikkilamchi bozor avtomobilni arzonroq narxda sotib olish imkoniyatini beradi va rasmiy yetkazib beruvchilarga qaraganda ko‘proq modellarni taklif qiladi. Albatta, bu yerda avtomobil tarixini bilish ancha qiyin, ammo deyarli yangi mashinalar ham sotuvga chiqariladi. «Kursiv» muxbiri Sergeli avtomobil bozorida bo‘lib, foydalanilgan avtomobillar narxlarini o‘rgandi.
O‘zbekistonda dollar kursi bir hafta ichida pasaydi
O‘zbekiston Respublika valyuta birjasi (O‘zRVB) ma’lumotlariga ko‘ra, milliy valyuta AQSh dollariga nisbatan hafta davomida biroz mustahkamlandi.