Apple’ning bo‘lajak iPhone 18 Pro Max smartfoni 5 391 mA/soat sig‘imli akkumulyator bilan jihozlanishi mumkin. Qurilma batareyasiga tegishli deb aytilayotgan suratlar e’lon qilindi. Tasvirlarda Apple logotipi, xizmat belgilari va akkumulyatorning texnik ko‘rsatkichlari ko‘rinadi. Unda nominal sig‘im 5391 mA/soat etib qayd etilgan. Ushbu raqam avvalroq tarqalgan ma’lumotlar bilan ham mos keladi.…