Sportimiz malikalari
«Aston Villa» o‘z maydonida «Manchester Siti»ni 1:0 hisobida mag‘lub etdi. O‘yinning so‘nggi daqiqalari nihoyatda keskin kechdi, biroq «shaharliklar» hisobni tenglashtira olmadi. Uchrashuvning 90+3-daqiqasida Foden va Niko tomonidan xavfli zarbalar yo‘llandi, ammo «Villa» himoyachilari to‘siq bo‘lishdi. Nunes esa ustun ustidan zarba yo‘llab, imkoniyatni boy berdi. 89-daqiqada Haaland to‘pni darvozaga yo‘lladi, ammo…
Kecha UEFA Chempionlar ligasining 3-tur o‘yinlari o‘tkazildi. Tomoshabinlar murosasiz bahslar guvohi bo‘ldi. Ispaniyaning Bilbao shahridagi «San-Mames» stadionida bo‘lib o‘tgan o‘yinda «Atletik» Ozarbayjonning «Qarabog‘» jamoasini 3:1 hisobida yengdi. Mehmonlar o‘yinning boshida hisobni ochdi, ammo Gorka Guruseta 40-daqiqa javob golini urdi. Ikkinchi bo‘limda Robert Navarro (70) va Gurusetaning (88) gollari bilan «Atletik»…
O‘zbekiston milliy terma jamoasi noyabr oyidagi FIFA kunlarida Dubaydagi xalqaro turnirda ishtirok etadi. Bu haqda O‘FA xabar berdi. Musobaqani Kabo-Verde va Eron terma jamoalari uchrashuvi ochib beradi. Bu o‘yin 13-noyabrga o‘tkaziladi. 14-noyabr kuni esa Fabio Kannavaro shogirdlari Muhammad Saloh boshchiligidagi Misr terma jamoasi bilan kuch sinashadi. G‘olib bo‘lgan jamoalar finalga…
Elit Osiyo Chempionlar ligasining uchinchi turida Qarshining «Nasaf» klubi Dubayda «Shabab Al Ahli» jamoasiga qarshi maydonga tushib, 1:4 hisobida mag‘lubiyatga uchradi. Uchrashuv Al Rashid stadionida o‘tkazildi. Hisobni mezbonlar 9-daqiqada Federiko Kartabiya ochdi, biroq oradan bir daqiqa o‘tib «Nasaf» a’zosi Zafarmurod Abdirahmatov javob goli kiritdi. 27-daqiqada Renan Viktor, 41-daqiqada esa Mateusao…
Xalqaro o‘rtoqlik uchrashuvida O‘zbekiston U-17 terma jamoasi venesuelalik tengqurlariga qarshi bahsda 1:1 hisobida durang qayd etdi. Janubiy amerikaliklar safida David Garsiya 29-daqiqada hisobni ochgan bo‘lsa, ikkinchi taymning 86-daqiqasida Nurbek Sarsenbayev muvozanatni tikladi. Islom Ismoilov shogirdlari 3 – 27-noyabr kunlari Qatarda bo‘lib o‘tadigan Jahon chempionatiga tayyorgarlikni davom ettirmoqda. Yig‘in doirasida Kot-D’Ivuar…
Futbol bo‘yicha Chilida o‘tkazilgan «U-20» Jahon chempionati finalida Marokash terma jamoasi 2:0 hisobida argentinalik tengqurlaridan ustun keldi. Uchrashuv poytaxt Santyago shahrida bo‘lib o‘tdi. Marokashliklar safida Yassir Zabiri ikki golga mualliflik qildi. Shu tariqa Afrika qit’asi vakillari o‘z tarixida birinchi marta bu yosh toifasida chempionga aylandi. Uchinchi o‘rin uchun bo‘lib o‘tgan…
FIFA e’lon qilgan yangi reytingda O‘zbekiston milliy terma jamoasi bir pog‘ona pastlab, 55-o‘rinni egalladi. So‘nggi yangilanishda O‘zbekiston terma jamoasining ko‘rsatkichi 1452,34 ballni tashkil etdi. Bu o‘tgan oygi 1453,31 ballga nisbatan biroz kamroqdir. FIFA reytingining yuqori qismida esa o‘zgarishlar kuzatilmadi. Ispaniya, Fransiya, Argentina, Angliya va Portugaliya kuchli beshlikni saqlab qoldi. Shuningdek,…
The Athletic nashri (NYT’ga qarashli) o‘zining so‘nggi tahliliy maqolasini o‘zbekistonlik futbolchi Abduqodir Husanovga bag‘ishladi. Nashr uni «Pep Gvardiola jamoasining himoyadagi muammosini hal qilgan insoni» deb atadi. Maqola muallifi Jordan Kempbellning yozishicha, 21 yoshli futbolchi «Manchester Siti»ning o‘ng qanotdagi kadrlar inqiroziga kutilmagan, ammo eng samarali yechim bo‘ldi. Kyle Walker klubni tark…
AQSh prezidenti Donald Tramp Boston shahridagi xavfsizlik muammolari tufayli 2026-yilgi futbol bo‘yicha jahon chempionati o‘yinlarini boshqa joyga ko‘chirish mumkinligini aytganidan so‘ng, FIFA barcha 16 mezbon shahar turnirni muvaffaqiyatli o‘tkazishga tayyor bo‘lishiga umid bildirdi. FIFA Sky News’ga bergan izohida AQSh prezidenti Donald Tramp 2026-yilgi jahon chempionatini o‘tkazish uchun qaysi shaharlar xavfsiz…
ESPN nashri 2026-yili AQSh, Kanada va Meksikada bo‘lib o‘tadigan Jahon chempionatida qatnashadigan va qatnashishi mumkin bo‘lgan jamoalarning g‘olib bo‘lish ehtimolini baholadi. Reytingda allaqachon Jahon chempionatiga yo‘llanma olgan va saralash bosqichida ishtirok etayotgan 87 terma jamoa joy olgan. Unga ko‘ra, birinchi o‘rinda Desham boshchiligidagi Fransiya terma jamoasi joy oldi. Tarkibida Kilian…