Moskva viloyatidagi Crocus City Hall’da sodir boʻlgan terakt «uyatli va dahshatli voqea» boʻlib, bolalar tarbiyasiga eʼtibor berish zarurligini eslatadi, dedi Tojikiston prezidenti Imomali Rahmon. Bu haqda «Xovar» axborot agentligi xabar berdi.
«Moskva yaqinida sodir boʻlgan sharmandali va dahshatli voqea har birimizni, ayniqsa, ota-onalarni farzand tarbiyasiga yanada jiddiyroq eʼtibor qaratishimizdan yana bir bor ogohlantirmoqda», — dedi davlat rahbari Dushanbedagi «Quvonch karvoni» marosimida.
Tojikiston prezidenti yoshlarni buzgʻunchi guruh va harakatlar taʼsiridan himoya qilish zarurligini taʼkidladi.
«Yana bir bor taʼkidlaymanki, biz farzandlarimizga tojik millatining yaxshi nomini, tojiklarning suveren davlatini va ularning ota-onalarini obroʻsizlantirishga yoʻl qoʻymasligimiz kerak», — deya qoʻshimcha qildi Imomali Rahmon.