Hindenburg Research (HR) Freedom Holding Corp (FRHC) aktsiyalariga hujum qilganidan deyarli ikki oy o’tdi. Eslatib o’tamiz, joriy yilning 15 avgustida HR FRHC bo’yicha hisobotini e’lon qildi, unda chayqovchilar xoldingni sanksiyalardan bo’yin tovlash, daromadlarni soxtalashtirish, mijozlar mablag’lari bilan xavfli operatsiyalarni amalga oshirish va bozorni manipulyatsiya qilishda ayblashdi. Ertasi kuni FRHC bosh direktori va asosiy aktsiyador Timur Turlovning Hindenburgning ayblovlariga javobi e’lon qilindi.
«Shortistlar» aktsiyalarning tushishini kutishgan, biroq ular o’nlab million dollar yo’qotishgan. Chunki fond bozorining nashrga munosabati o‘zgarmas bo‘lib chiqdi: 15 avgustdagi savdo kunida FRHC aksiyalari atigi 3,22 foizni yo‘qotib, 73,27 dollarga yetdi. Bir necha kundan keyin kompaniya aksiyalari qimmatlashdi...