O‘zbekiston ishbilarmon doiralarini eng muhimi, bank-kredit masalalari tashvishga solmoqda, bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning tadbirkorlar bilan uchinchi ochiq muloqoti arafasida olingan murojaatlar bo‘yicha statistik ma’lumotlardan ma’lum bo‘ldi. Tadbirkorlar tomonidan ushbu mavzu bo‘yicha 377 ta ariza qoldirildi.
Shuningdek, biznes davlat rahbari bilan infratuzilma muammolari (205), yer-kadastr masalalari (179), shuningdek soliqlar (104) haqida gaplashmoqchi.
3-avgust holatiga «Tadbirkor virtual ofis» portali orqali jami 1237 ta murojaat kelib tushgan.
Murojaatlarning asosiy qismi biznes-ombudsmanning joylardagi yig‘ilishlarida (526 ta) kelib tushgan. 1100 ishonch telefoni orqali 507 ta murojaat qoldirildi. Biznes.gov.uz portali orqali tadbirkorlar tomonidan 204 ta murojaat yuborildi. Eslatib oʻtamiz, 2021-yildan buyon tadbirga tayyorgarlik...