Yangi yil arafasida O‘zbekistonning bosh archasi Toshkent shahrining Yunusobod tumanidagi Navoiy ko‘chasida o‘rnatiladi, deb xabar berdi poytaxt hokimligi.
Poytaxt aholisi va mehmonlari soat 11:00 dan 23:00 gacha 28 dekabrdan 8 yanvarga qadar Hyatt Regency Tashkent mehmonxonasi yonidagi archani ko‘rishsa bo‘ladi.
Bundan tashqari, mahalliy hokimiyat Toshkent shahridagi bo‘shqa yangi yil archalari o‘rnatiladigan manzillarni ham ma’lum qildi:
— Bektemir tumanidagi «Food City» majmuasi (28 dekabrdan 5 yanvarga qadar soat 13:00 dan 19:00 gacha);
— Mirobod tumanidagi Furqat istirohat bog‘i (28 dekabrdan 5 yanvarga qadar soat 13:00 dan 19:00 gacha);
— Mirzo Ulug‘bek tumanidagi markaziy bog‘i (27 dekabrdan...