Fargʻona neftni qayta ishlash zavodining (FNQIZ) 2023-yilda sof foydasi 469,6 milliard soʻmga yetdi, bu 2022-yilga nisbatan 24,3 baravar koʻpdir.
Shu bilan birga, korxonaning tushumi yil davomida 21,3 foizga kamayib, 1,6 trillion soʻmni tashkil etdi. Zavodning aktivlari boʻlsa, 60,7 foizga oʻsib, 5,6 trillion soʻmga yetdi.
FNQIZ 1959-yilda tashkil etilgan boʻlib, Korxona dizel yonilgʻisi, kokos, turli xil motor va dizel moylari bitum, mazut kabi 56 dan ziyod turli neft mahsulotlarini ishlab chiqaradi.
2022-yilda zavod Saneg tomonidan $100 million dollarga xususiylashtirilgan. Zavodning yangi egasi korxonani modernizatsiya qilish uchun $400 million dollardan ortiq sarmoya kiritishini rejalashtirmoqda.
FNQIZ 2023-yilning yanvar-iyun oylari yakunlariga koʻra...