Bugun, 23-avgust ta’mirlash ishlari tufayli Bektemir tumani va Uchtepa tumanining ba’zi joylarida elektr bo‘lmaydi, deb xabar berdi «Hududiy elektr tarmoqlari» AJ Toshkent shahar filiali.
Soat 09:00 dan 17:00 gacha Bektemir tumani: «Nurliyo‘l» va «Gulbog‘» mahallalari, Uchtepa tumani: «Diyorobod» mahallasining ayrim ko‘chalarida elektr taʼminoti vaqtincha o‘chiriladi.
Shuningdek, «Hududgazta’minot» xabariga ko’ra, Bektemir tumanining «Iyk ota» va «Gulbog‘» mahallalaridagi 1940 ta yerli xonadon va 36 ta ulgurji iste’molchilarga 22-avgust kuni soat 10:00 da tabiiy gaz yetkazib berish vaqtincha to’xtatilgan edi. Ta’mirlash ishlari bugun bugun ham davom etadi.
Kecha «Kursiv» Sergeli va Yashnobod tumanining ba’zi koʻchalarida elektr boʻlmasligi, Yashnabod...